25 aprel yakshanba kuni Universitetlararo sport majmuasida Rossiya yoga Federatsiyasining murabbiylari bilan birgalikda YTTС (Yoga teaching training courses) yoga oʻquv kursining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimni ochish vaqtida Toshkent shahar hokimi hamda Oʻzbekiston yoga Federatsiyasining raisi Jahongir Ortiqxodjayev barcha mehmonlarga tashakkurlik bildirdi va ushbu oʻquv kurslari yogani ommalashtirishga katta hissa qoʻshishiga ishonch bildirdi. Shuni taʼkidlash lozimki ushbu qadimiy amaliyotga befarq boʻlmagan insonlar nafaqat davlatimizning poytaxtida, balki qolgan barcha hududlarida ham yoga mashgʻulotlariga jalb etiladilar.

Bunga javoban Rossiya Yoga Federatsiyasi vakili Irina Petrisheva kurslar tashkil qilganligi uchun oʻz minnatdorchiligini bildirdi: «Biz barcha zarur maʼlumotlarni ishtirokchilarga taqdim etamiz hamda kerakli barcha savollarga toʻliq javob berishga harakat qilamiz».
Oʻqitish kurslari uchun taniqli oʻqituvchilar jalb etilganlar, masalan sertifikatlangan yoga ustasi va Rossiya Yoga Federatsiyasining Yoga o’qituvchilari maktabi oʻquv kurslarining rahbari hamda katta o’qituvchi Nikolay Bodnaruk.
Hafta davomida boshqa oʻqituvchilar ham ishtirok etish uchun yetib keladilar.
Oʻquv kursi ishtirokchilari ikki hafta davomida yogani oʻrgatish metodikalarini oʻrganadilar va kurs yakunida ularning malakasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlar topshiriladi. Ishtirokchilar nafaqat toshkentliklar, balki Toshkent viloyatidan (Olmaliq, Boʻka), Navoiy shahri, hatto Qirgʻiziston va Rossiyadan ham instruktorlar ishtirok etmoqdalar.
Ushbu oʻquv kurslari — yoga muxlislarining bilim olishlari va har qanday mavzularda suhbatlashishlari uchun haqiqiy bayram hisoblanadi.