23-may kuni «Hilton Tashkent city» mehmonxonasida Hindiston Madaniy aloqalar kengashi Bosh direktori Shri Kumar Tuxin va O’zbekiston Yoga federatsiyasi raisining birinchi o’rinbosari Tuxfatov Bobur Shuhratovich o’rtasida uchrashuv bo’lib o‘tdi.

Tashrif chog’ida Hindistonning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabxat, Hindiston madaniyat markazi direktori Sitesh Kumar, Yoga federatsiyasi raisi o’rinbosari Rahmatullayev Sardor Hamidullayevich, Bosh kotib Sapayev Baxrom Mehmonovichlar ham ishtirok etishdi.


Uchrashuvda olib borilgan muzokaralar davomida O’zbekiston va Hindiston o’rtasida yoga sportining respublikamiz hududida keng tadbiq etish, mamlakatimizdagi yoga murabbiylarini xalqaro sertifikatlash, shuningdek, Rahul Mishra – Hindistonlik yoga-terapiya mutaxassisining diyorimizda qolishi muddatini uzaytirish borasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.